«Real» Endrikni qaerga yuborishi aniqlandi
«Real» hujumchisi Endrik yaqin orada Madrid klubini tark etishi mumkin. Bu haqida insayder Ramon Alvares de Mon ijtimoiy tarmoq Hda xabar berdi.
Uning ma'lumotiga ko‘ra, braziliyalik futbolchi jamoaga «RB Leyptsig»dan himoyachi Yan Diomande kelganidan so‘ng jamoani tark etadi.
Endrikni Angliya premyer-ligasi klublaridan biriga ijaraga berish rejalashtirilmoqda. 20 yoshli forvardning agentlari allaqachon Angliya chempionatidagi jamoalar bilan muzokara boshlagan. «Real» rahbariyati esa futbolchini ijaraga qo‘yishga rozilik bergani aytilmoqda.

Fikrlar