"Real"ning 2 nafar etakchi futbolchisi "Siti"ga qarshi o‘yinda ishtirok etolmaydi
“Real” Madrid klubi darvozaboni Tibo Kurtua va himoyachi Marselo yaqin hafta ichida jamoasiga yordam berolmaydi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Har ikkala futbolchi ham La Liganing “Betis”ga (1:2) qarshi bahsida paylaridan jarohat olishgan.
Tibbiy tekshiruvlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, Marselo va Kurtua 13 mart kuni “Eybar”ga qarshi va 17 mart kuni “Manchester Siti”ga qarshi bo‘ladigan o‘yinlarda maydonga tusha olishmaydi.
Fikrlar