“Real” fanatlariga Mbappedan hushxabar

  • 10.01.2026 23:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” to‘purari Kilian Mbappe jarohat olgani tufayli Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona”ga qarshi maydonga tushishi katta so‘roq ostida turgan edi.

“Qirollik klubi” matbuot xizmati tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, fransiyalik hujumchi final oldidan umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi. Bu Mbappening muhim uchrashuvda ishtirok etishi mumkinligini bildiradi.

 Eslatib o‘tamiz, turnir Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o‘tkazilmoqda. Ilgari fransuz futbolchisi jamoa bilan Yaqin Sharqqa yetib kelgan, biroq chap tizzasidagi bog‘lamlar cho‘zilishi sababli Superkubok yarim finalida “Atletiko”ga qarshi o‘yinda (2:1) ishtirok etmagan edi.

Mbappe 2024 yilning yozidan buyon  madridliklar safida o‘ynab kelmoqda. Shu paytgacha u madridliklar tarkibida 83 ta uchrashuvda maydonga tushib, 73 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilning 30  iyunigacha amal qiladi.

"Real" va "Barselona" o‘rtasidagi Superkubok finali 11 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!