
"Real" forvardiga A Seriya klubi da’vogarlik qilmoqda
"Latsio" "Levante"da ijara asosida to‘p surayotgan "Real" forvardi Borxa Mayoral orqali hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi.
Jurnalist Janluki Di Martsio ma’lumotiga ko‘ra, rimliklar 23 yoshli futbolchi transferi bo‘yicha "Real" bilan aloqaga chiqib ulgurgan.
Joriy mavsumda 33 ta o‘yinda sakkizta uchrashuvda maydonga tushgan Mayoralning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil yozigacha amal qiladi.
Fikrlar