“Real” Fransiya, Angliya va Niderlandiyadan uchta futbolchi tanladi

  • 14.03.2026 13:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy mavsumda tarkib masalasida muayyan qiyinchiliklarga duch kelayotgan “Real” yozgi transferlar oynasi davrida yangi xaridlarni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Madridliklarning yozgi transfer oynasidagi asosiy vazifalaridan biri — yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish.

AS nashri ma’lumotiga ko‘ra, “Qirollik klubi” uch nafar markaziy yarim himoyachidan iborat qisqa ro‘yxat tuzgan. Avvalgi rejalaridan farqli ravishda bu gal transferlar nishonidan “Oltin to‘p” sohibi Rodri chiqarib tashlandi.

Madridliklar kelasi mavsum oldidan Adam Uorton (“Kristal Pэlas”), Kes Smit (“AZ Alkmaar”) yoki Vitin’ya (PSJ) kabi o‘yinchilarni olishga harakat qiladi. Bular orasida Vitin’yaning transferi murakkab hisoblanadi.

PSJning 26 yoshli futbolchisi 110 million yevroga baholanmoqda. Adam Uortoning transfer narxi 60 million yevro turadi. Smitni esa, 20 million yevroga olish imkoniyati bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!