
"Real" futbolchilar bilan kelishib oldi
"Real" jamoa futbolchilari bilan maoshlarini 10 foizga kamaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda Marca.
Koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan moliyaviy muammolar sabab klub mutasaddilari shunday qaror qabul qilishdi. Bundan tashqari madridliklar qishki transfer oynasida yangi futbolchi xarid qilmoqchi emas.
Ispaniya chempionati 16 turidan so‘ng "Real" 33 ochko bilan 2 o‘rinda bormoqda.
Fikrlar