
“Real” futbolchisi 19 yoshida faoliyatini tugatdi
“Real” tarbiyalanuvchisi Mark Kukalon og‘ir jarohat asorati oqibatida futbolchilik faoliyatini yakunlashga majbur bo‘ldi.
19 yoshli ispan futbolchisi 2022 yili UEFAning Yoshlar ligasi doirasidagi o‘yinida tizzasidan jiddiy shikastlangan edi.
Jarohat operatsiya qilindi. Jarrohlik amaliyoti vaqtida futbolchining bo‘g‘imiga bakteriya tushdi va u infektsiya keltirib chiqardi. Buning oqibatida Kukalon jarohatdan to‘liq qutila olmasligi ma’lum bo‘ldi.
Bu jarohat turli asoratlarni keltirib chiqardi va oxir-oqibat faoliyatimni tugatish haqida qiyin qarorga kelishga majbur bo‘ldim. Ikki yil davomida futbolga qaytish uchun qo‘limdan kelganicha harakat qildim. “Real”dek buyuk klubda tarbiyalanib, juda ko‘p narsa o‘rgandim, - dedi Mark Kukalon faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qilar ekan...
Fikrlar