"Real" futbolchisi "Atletiko"ga o‘tishga yaqin turibdi

  • 18.05.2019 10:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Atletiko" klubi hamshahari "Real" Madrid yarim himoyachisi Markos Lorenteni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Cadena SER nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “matraschilar” vakillari allaqachon 24 yoshli ispaniyalik futbolchining agenti bilan uning transferi masalasida kelishuvga erishgan. O‘z navbatida “qirollik klubi” ushbu futbolchisini ispan klubiga 50 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas.

Ta’kidlash kerakki, “Atletiko” Lorenteni yozda jamoadan ketadigan Rodri Ernandesga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda.

Ma’lumot uchun, Lorente “Real” Madrid tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!