"Real" futbolchisi "Liverpool"ga o'tishdan bosh tortdi
Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Endrik joriy transfer oynasini «Liverpul»ga o‘tish bilan o‘tkazish niyatida emas.
ESPN Brasil xabariga ko‘ra, Angliyaning yetakchi klublaridan biri 20 yoshli forvardga jiddiy qiziqish bildirgan. Biroq futbolchi taklifni rad etgan va «Real»ni tark etmoqchi emas. U Joze Mourinyo qo‘l ostida asosiy tarkib uchun kurashishni davom ettirishni maqsad qilgan.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Endrikning bozor qiymati 40 million yevro atrofida baholanmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida braziliyalik futbolchi Fransiyaning «Lyon» klubida ijara asosida o‘ynagan.
Avvalroq Endrik bilan «Roma» va «Aston Villa» klublari ham qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar