
"Real" futbolchisi MLS chempionati klubi bilan muzokara o‘tkazdi
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich faoliyatini MLS chempionatida davom ettirishi mumkin. The Athletic xabariga ko‘ra, 34 yoshli xavbek xizmatlari uchun "Di Si Yunayted" qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida ushbu klubni Ueyn Runi tark etgan edi. Uning o‘rnini esa "Di Si" klubi Olu Kamara bilan to‘ldirishdi. Ammo amerikaliklar yana bir yulduz futbolchini jamoaga olib kelish niyatida.
Manbaaga ko‘ra, "Di Si Yunayted" rahbariyati futbolchi mutasaddilari bilan yozda amalga oshishi mumkin bo‘lgan transfer masalasida muzokara o‘tkazgan.
Fikrlar