"Real" futbolchisi oʻziga yangi jamoa tanladi. Bu klubga yoqmadi

  • 29.07.2026 16:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

18 yoshli argentinalik hujumchi Franko Mastantuono oʻz yurtidagi «River Pleyt» klubiga ijara asosida oʻtishni istamoqda. Bu haqida futbol jurnalisti Ramon Alvares de Mon xabar berdi.

«Real» rahbariyati hozircha yosh futbolchiga asosiy tarkibda doimiy oʻyin amaliyotini vaʼda qila olmayapti. Shu bois klub unga tajriba toʻplashi mumkin boʻlgan jamoa izlamoqda. Biroq madridliklar «River Pleyt» variantiga ijobiy qaramayapti, chunki Mastantuononing aynan Evropada oʻynashini afzal koʻrishmoqda.

Avvalroq hujumchiga «Yuventus», «Komo» va «Inter» klublari ham qiziqish bildirgani maʼlum qilingan edi. Argentinalik futbolchining «Real» bilan tuzgan shartnomasi 2031 yil yoziga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!