“Real” futbolchisi shayxlardan mo‘may daromadli taklif oladi

  • 15.02.2026 09:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” jamoasi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga kelasi yozda klubini oʻzgartirishi mumkin. 23 yoshli futbolchi joriy mavsumda asosiy tarkibga kam tushayotgani sababli, uning ketishi haqidagi mish-mishlar tobora koʻpaymoqda.

Insayder Ekrem Konur maʼlumotiga koʻra, Saudiya Arabistonining “Al-Ittiҳod” klubi rahbariyati yozgi transfer oynasi davrida fransiyalik futbolchiga juda foydali shartnoma taklif qilishga tayyor.

Shuningdek, Kamavinga atrofidagi vaziyatni Angliya Premier-ligasining “Chelsi”, “Liverpul” va “Arsenal” kabi qudratli klublari ham kuzatib bormoqda.

Transfermarkt ekspertlari Kamavinganing bahosi 50 million yevro ekanini qayd etgan.  Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!