
"Real" futbolchisiga yangi jamoa topildi
“Real”da o‘z o‘rnini topa olmagan Xames Rodriges faoliyatini PSJda davom ettirish imkoniga ega bo‘lmoqda.
Kolumbiyalik pleymeykerning agenti Jorje Mendesh parijliklar sport direktori Leonardo bilan muzokara o‘tkazmoqda va uni Xamesni olishga ko‘ndirishga yaqin turibdi. Ma’lumotlarga qaraganda, PSJ Xames Rodriges transferi to‘liq sotib olish uchun “Real” talab qilinayotgan 35 million evroni berishga tayyor ekan.
Rodriges primerada sakkizta o‘yinda bitta gol urdi xolos. “Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan yangi mavsumda unga umuman imkoniyat bermoqchi emas.
Fikrlar