“Real” futbolchisiga yangi jamoa topildi

  • 26.09.2020 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Roma” rahbariyati klubni tark  etishi mumkin bo‘lgan bosniyalik to‘purar Edin Jeko o‘rniga “Real”ning yosh hujumchisi Borxa Mayoralni olib kelmoqchi.

“Bo‘rilar” ispaniyalik futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga olib, buning evaziga madridliklarga 3 million evro taklif qilmoqda.

Mayoralning “Real” bilan shartnomasi 2021 yilning yozigacha davom etadi. Agar kelishuv muddati uzaytirilmasa, hujumchi boshqa jamoaga erkin agent sifatida qo‘shilish huquqiga ega bo‘ladi.

Borxa “Real” tizimiga 2013 yilda qo‘shilgan va shu jamoa tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘tgan mavsumni ijara asosida “Levante”da o‘tkazgan hujumchi 36 ta o‘yinda 9 ta gol urdi. Uning transferi 10 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!