“Real” futbolchisini olib ketadigan bo‘lishdi

  • 19.06.2026 09:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kelasi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishga harakat qilayotgan Turinning “Yuventus” klubi “Real Madrid” hujumkor futbolchisi Braim Diazga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Bu haqida mashhur jurnalist va insayder Janluka Di Marcio X ijtimoiy tarmog'ida xabar qildi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, turinliklar ispaniyalik futbolchini hujum chizig'ini kuchaytirish uchun ustuvor nomzod, deb hisoblamoqda.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda Braim Diaz “Real”ga tayinlanadigan bosh murabbiy uning taqdiri bo'yicha qanday rejalariga ega ekanini bilish uchun Madridda bo'lib turishni ma'qul ko'ryapti.

O'tgan mavsumda 26 yoshli ispaniyalik vinger klub miqyosida 42 ta uchrashuvda ishtirok etdi. U mazkur o'yinlarda 2 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!