"Real" futbolchisini "Valensiya" va "Benfika" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 16.08.2020 22:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Real” himoyachisi Nacho Fernandes mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

30 yoshli Ispaniya terma jamoasi a’zosiga “Benfika” hamda “Valensiya” klublari xaridor bo‘lmoqda. Bu haqda A Bola nashri xabar tarqatdi.

Madridliklar esa 2022 yilda shartnomasi tugaydigan ushbu futbolchisini 10 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Nacho o‘tgan mavsum La Ligada bor yo‘g‘i 6 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!