"Real" futbolkalar sotuvi bo‘yicha yaqqol peshqadam, "Barselona" esa...

  • 29 iyul, 2022, 10:22
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" jamoasi "Amazon" platformasida sotilgan futbolkalar soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lib turibdi. 

"Marca"ning "Kiliagon" nashriga tayanib bergan ma’lumotiga ko‘ra, "qirollik klubi" 3.3 million evrolik libos sotdi. Bu Ispaniya, Angliya, Frantsiya va Italiya klublari orasida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. 

Ikkinchi pog‘onadan PSJ joy olgan - 2.2 million evro. Kuchli uchlikni Italiya chempion hisoblanmish "Milan" jamoasi band etgan - 1.5 million evro. "Ko‘k-anorranglilar" ushbu ro‘yxatda 6-o‘rindan joy olgan. Ular ko‘rgan foyda 700 ming evroni tashkil qiladi. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!