“Real” Gvardiola ko‘zlagan futbolchini nishonga oldi

  • 16.12.2021 08:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” va “Manchester Siti” bir futbolchini transfer qilmoqchi. Har ikki klub “Lester” yarim himoyachisi Yuri Tiemansga xaridor bo‘lyapti.

Belgiyalik yarim himoyachining “tulkilar” bilan kelishuvi 2023 yilning yarmigacha davom etadi. Uni qo‘lga kiritmoqchi bo‘layotgan klublar 55 million evro xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

“Real” va “Manchester Siti” Tilemansni yozda transfer qilishni rejalashtirmoqda.

Tajribali futbolchi joriy mavsumda 19 marta maydonga tushib, beshta gol va uchta golli pas muallifi bo‘ldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!