"Real" himoyachilari jamoani tark etishi mumkin
Madridning "Real" klubi himoyachisi Antonio Ryudiger jamoadan ketish ehtimoli bor.
Ispaniyaning "Real Madrid" klubini bir yo‘la 2 ta markaziy himoyachi tark etishi mumkin. Bular Antonio Ryudiger va David Alaba. "Qirollik klubi" 32 yoshli futbolchiga yangi shartnoma taklif qilish yoki qilmaslik masalasini ko‘rib chiqmoqda. Agar u jamoani tark etsa, madridliklar uning o‘rnini imkon qadar tezlik bilan to‘ldirishi talab qilinadi. Bundan farqli o‘laroq, David Alabaning jamoani tark etish ehtimoli yuqori. 33 yoshli himoyachi erkin agent sifatida klubdan ketadi. "Qaymoqranglilar" avstriyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas.
Ma’lumot uchun, "Real Madrid" yakshanba kuni La Liganing 16-turida "Selta"ni qabul qiladi.
Fikrlar