"Real" himoyachisi uchun APLning uchta jamoasi kurashmoqda
"Real" himoyachisi Antonio Ryudiger yozda APLga qaytishi mumkin. Bu haqida "CaughtOffside" nashri ma'lum qildi.
Manbada berilgan ma'lumotga ko‘ra, germaniyalik himoyachining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga yetadi. "Qirollik klubi" esa Antonio bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti. Shu sababli, Ryudiger APLga qaytish haqiqda o‘ylamoqda. Ayni vaqtda himoyachini "Tottenxem", "Vest Xem" va "Kristal Pelas" jamoalari o‘z safiga qo‘shib olishga urinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli futbolchi 2022 yildan beri "Real" safida harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida futbolchi 167 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol kiritdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar