
"Real" himoyachisini erkin egent sifatida qo‘yib yuboradi
David Alaba so‘nggi mavsumni "Real"da o‘tkazishi mumkin. 24 iyun kuni 33 yoshni qarshilagan avstriyalik himoyachining shartnomasi kelasi yili yakuniga etadi.
AS xabariga ko‘ra, "Real" unga shartnomani uzaytirishni taklif qilmaydi. Alaba jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biri hisoblanadi. Himoyachi yiliga 19,5 million evro maosh oladi.
Qayd etilishicha, Davidning jamoadagi o‘rni Antonio Ryudiger, Din Xeysen, Eder Militao va Raul Asensiodan keyingi beshinchi markaziy himoyachiga aylanadi.
Bundan tashqari, tizza jarohati va keyingi operatsiya uning avvalgi darajasiga qaytishiga to‘sqinlik qildi. Himoyachi to‘laqonli o‘yinga qaytishi uchun hali ham vaqt kerak.
Fikrlar