“Real” himoyaga yangi yulduzni tanladi

  • 08.03.2026 10:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Joriy mavsum himoya chizig‘ida bir qator muammolarga duch kelgan “Real” yozgi transferlar oynasi davrida markaziy himoyani kuchaytirmoqchi.

The Touchline  va  Bild kabi nufuzli manbalar xabar berishicha, markaziy himoyachi pozitsiyasi uchun nomzodlar orasida birinchi o‘rinda Ibrohim Konate turibdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchining o‘zi ham Angliyadan ketishga ruhan tayyor. Uning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi yozda yakunlanadi.

25 may kuni Ibraima Konate 27 yoshga to‘ladi. Fransiyalik himoyachi “Liverpul” safida 169 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!