"Real" himoyasida jiddiy yo‘qotish. Madridliklarni 2 ta muhim o‘yin kutib turibdi

  • 19.11.2020 23:02
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" sardori Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasi safida jarohat orttirib olganligi haqida ma’lumot bergan edik. "Marca" nashrining ma’lum qilishicha, bu uning klub safidagi o‘yinlariga ham ta’sir ko‘rsatadi.

Gap shundaki, 34 yoshli himoyachi o‘ng oyoq sonining orqa qismida og‘riq his etmoqda. Natijada, Ramos La Liga 10-turidan o‘rin olgan "Vilyarreal"ga va Chempionlar Ligasi 4-turi doirasidagi "Inter"ga qarshi muhim o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi aytilmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, "El-kapitano" 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan "Shaxtyor"ga qarshi bellashuvda ishtirok eta olishi mumkin. Ramos Millatlar Ligasi 6-turidan o‘rin olgan Germaniyaga qarshi uchrashuvning 42-daqiqasida jarohati sababli zaxiraga olingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!