"Real" hujumchisi qishda A Seriyaga yo‘l olishi mumkin

  • 9 oktabr, 2021, 12:25
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" hujumchisi Luka Yovich faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikola Skira xabar tarqatmoqda. 

Taniqli futbol agenti Fali Ramadani 23 yoshli futbolchi uchun yanvar oyida yangi jamoa topish ustida ish olib bormoqda. Serbiyalik futbolchini ijaraga olishga "Inter" qiziqish bildirmoqda. 

Bu mavsum 5 o‘yinda maydonga tushgan Yovich o‘z hisobiga 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. Uning "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!