"Real" hujumchisi qishda jamoasini o‘zgartirishi mumkin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Uelslik forvard Zinedin Zidan qo‘l ostida o‘ynashdan norozi bo‘layotganini bir necha bor namoyish qildi. Shu bilan birga "mankunianlar" ham mavsum startini ko‘ngildagidek o‘tkaza olmadi va Beylga Ole-Gunnar Sulsher jamoasi uchun ideal nomzod sifatida qaralyapti.

O‘z navbatida, "Real" ham uelslik futbolchiga kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqishga qarshi emas. "Galaktikos", ayniqsa, "qizil iblislar" taklifiga jiddiy munosabatda bo‘lyapti va Beylning Pogba transferining bir qismi bo‘lishiga umid qilyapti.

Eslatib o‘tamiz, manchesterliklar Beylni o‘tgan yozda o‘z safiga qo‘shib olish uchun bir necha bor harakat qilishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!