
"Real" hujumchisi Rodrigo Ronaldu haqida: Meni u bilan taqqoslashlarini istamayman
"Real" klubi forvardi Rodrigo o‘zining Krishtianu Ronalduga qiyoslashayotgani borasida gapirib o‘tdi.
"Ronaldu bilan birga "Real"da o‘ynash, mening orzuyim edi. Afsuski u Madridni tark etdi. Hozir o‘ylashimcha, u bilan bir qatorda to‘p surish, bir qancha mushkul bo‘lardi.
Meni Ronalduning o‘rnini egallashim borasida gapirishayapti. Bu uchun men hali juda yoshman.
U Madrid tarixidagi eng yulduzli futbolchilardan biri. Agarda eng yaxshisi bo‘lmasa, albatta. Meni u bilan qiyoslashlarini istamayman," - dedi Rodrigo.
Fikrlar