“Real” hujumchisini “dahshatli summa”ga sotmadi
“Pari Sen-Jermen” klubi oldingi chiziqda Kilian Mbappe, Neymar va Lionel Messi o‘ynayotganiga qaramay, yana bir hujumchi olib kelishga harakat qilyapti.
El Nacional nashrining ma’lum qilishicha, parijliklar Vinisius Juniorni so‘rab, “Real”ga murojaat qilgan. PSJ braziliyalik o‘yinchi uchun madridliklarga 135 million evro taklif qildi.
Bu ishga “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres aralashdi va PSJga darhol rad javobini berdi.
Junior “Real”da 2018 yildan beri to‘p tepmoqda. 22 yoshli forvardning shartnomasi 2024 yilning yozigacha davom etadi.

Fikrlar