“Real” hujumchisini Manchesterga qo‘yib yubormadi

  • 04.11.2025 16:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” rahbariyati klubdagi vaziyat va hujum chizig‘idagi daxshatli raqobatdan kelib chiqib, braziliyalik legioner Endrikni qishki transferlar oynasi davrida ijaraga berishga qaror qilgandi.

19 yoshli futbolchiga og‘iz solgan klublar orasida “Manchester Yunayted” ham bor edi. Ruben Amorim hujumchini o‘z jamoasida ko‘rish istagina bildirganidan keyin manchesterliklar Endrikni ijaraga olmoqchi bo‘lib, Madrid klubiga taklif yuborgandi.

ESPN nashrining ma’lum qilishicha, ispan klubiga “Manchester Yunayted” Endrikni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga so‘ragan. Bu variant “Qirollik klubi” mutasaddilarini qoniqtirmaydi.

Chunki ular avvalroq huddi shu shakldagi hamkorlikni taklif qilgan “Aston Villa” so‘rovlariga ham rad javobini bergan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!