“Real” hujumida – Mbappe va Xoland!
Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres jamoa hujum chizigʻida Kilian Mbappe va Erling Holanddan iborat yulduzli juftlik oʻynashini istamoqda.
Bu haqida The Touchline nashri L’Equipe jurnalistlariga tayanib xabar berdi.
Avvalroq, Yevropa manbalarida Holandni bir necha bor Ispaniya grandlari, xususan “Barselona” va “Real” olishga harakat qilayotgani haqida maʼlumotlar tarqatilgan edi.
Har ikki klub anchadan beri 25 yoshli norvegiyalik toʻpurarni oʻz safiga qoʻshib olishni istab keladi.
Holand darajasidagi hujumchini olish har qanday klubga ham toʻgʻri kelmaydi. Uning transferi oʻta qimmat, maoshi juda katta hisoblanadi. Xususan, Transfermarkt portali norvegiyalik hujumchini 200 million yevro, deb baholamoqda.
Fikrlar