“Real” Husanovning jamoadoshi uchun ikki yulduzini beradi

  • 27 iyul, 09:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov klublar miqyosidagi faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirayotgani bois o‘zbekistonlik muxlislar ushbu jamoaga oid xabarlarni alohida qiziqish bilan kuzatib bormoqda.

Tecno

Sports.uz portali buni inobatga olgan holda “shaharliklar” atrofida bo‘layotgan qiziqarli ma’lumotlarni o‘quvchilar e’tiboriga havola qilishni davom ettiradi.

O‘tgan mavsumda nufuzli sovrinlardan quruq qolgan “Real” yozgi transferlar davrida tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishga harakat qilyapti.

“Qirollik klubi”ning navbatdagi transfer nishoni “Oltin to‘p”ning amaldagi sohibi Rodri hisoblanadi. Ispaniyalik yarim himoyachi o‘tgan mavsumda jarohat tufayli “Manchester Siti” o‘yinlarida ishtirok eta olmadi. Ayni paytda og‘ir jarohatdan qutilib, formasini tiklashga harakat qilmoqda.

Caught Offside nashrining yozishicha, madridliklar Rodrini yangi bosh murabbiy Xabi Alonso amalga oshirayotgan yangi loyihaning asosiy figurasiga aylantirishga tayyor. Bu futbolchi jamoaning taktik sxemalarini mustahkamlay olishi aytilmoqda.

Madrid klubi o‘z rejasini amalga oshirish uchun Rodri o‘rniga “Manchester Siti”ga birdaniga ikki o‘yinchisini berishni rejalashtiryapti. “Real” rokirovkaga qo‘shmoqchi bo‘layotgan Rodrigo Goes va Eduardo Kamavingaga “shaharliklar” anchadan beri qiziqish bildirib keladi.

Bundan tashqari, ispan klubi “Manchester Siti”ga 40 million evro miqdorida badal pulini qo‘shib to‘lashga roziligini ham ma’lum qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Siti”ning Rodri bo‘yicha o‘z rejasi bor. Manchesterliklarni “Real” taklifi qiziqtirgani yo‘q. Klub 29 yoshli futbolchini jamoaning asosiy ustunlaridan biri sifatida qadrlaydi va unga 2030 yilning yarmigacha davom etadigan yangi shartnoma berish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Rodrining amaldagi bitimi esa, 2027 yilning 30 iyunigacha tuzilgan.

“Manchester Siti” posboniga uchta da’vogar chiqdi

Xosep Gvardiola jamoasiga yangi darvozabonni taklif etdi. Aniqrog‘i, “shaharliklar” o‘zlari tarbiyalagan 22 yoshli golkiper Jeyms Traffordni “Byornli”dan ortga qaytardi.

Iqtidorli darvozabon transferi manchesterliklarga 27 million evroga tushdi. Endi klub tarkibdagi ikki tajribali darvozabon – Ederson va Shtefan Ortegadan birini sotib yuborishga tayyor.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, asosiy darvozabon vazifasini bajarib kelgan Ederson katta ehtimol bilan bu mavsum ham “Siti”da qoladi. Bu vaziyatda Shtefan Ortega o‘ziga boshqa jamoa topishi kerak.

Germaniyalik kiper Ortegani Angliya Premer-ligasining uchta klubi so‘rayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Hozircha da’vogar klublar nomi oshkor qilinyapmayapti.

Sky Sport Germany nashrining ma’lum qilishicha, Ortegani Turkiyaning kuchli klublaridan hisoblangan “Fenerbahche” ham olishga harakat qilyapti. Turklar 32 yoshli darvozabon transferi bo‘yicha “shaharliklar” bilan muzokara boshlagani aytilmoqda.

Fayzullaev Turkiyada qancha maosh oladi?

Husanovga joy bormi? Gvardiola yangi tarkib shakllantiryapti

Fayzullaev bu futbolchilar orasida superyulduzga aylanadi

Ekspert: Bu futbolchi Husanovning yo‘lini to‘syapti

Fayzullaev faoliyatida o‘zgarish

Fayzullaev Turkiyada uzoq qolmaydi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulboriy Dilshodbekovich
27/07/2025 13:17
Mish mish shekilli Rodrigoni bir O‘zi Rodridan qimmat turadi yosh ham
Шухрат Хусаинов
28/07/2025 10:42
Яхшиям ки хусановни жамоадоши экан узи булганда-ми?
Baxil Alihuja
27/07/2025 18:27
Родрини Гюлер+Родриго га алмашилса яхши булар эди.
родри кариб колди, даври деярли утди, жарохатдан тикланолмаяпди, урнига ёшларни олса язши булади.
Асманов Асман
27/07/2025 13:28
Можете ли вы принять мое приглашение, чтобы я мог получить бесплатный подарок?
https://temu.com/u/fNWdxoGMgbYDnekD