“Real” ikkita himoyachisi bilan xayrlashadi

  • 18.02.2026 18:48
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi himoyachilari David Alaba va Antonio Ryudiger katta ehtimol bilan 2026 yilning yozida klubni tark etadi. Bu haqida jurnalist Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

"David Alaba va Toni Ryudiger mavsum yakunida "Real"ni erkin agent sifatida tark etishga yaqin", - deb yozadi Skira.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 33 yoshli David Alaba 6 ta o‘yinda maydonga tushdi. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar ligasida ikkita va Ispaniya kubogida bitta o‘yin bor. 32 yoshli Antonio Ryudiger La Ligasining 8 ta o‘yinida ishtirok etgan. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar Ligasidagi ikkita o‘yin bor. Himoychilar samarali harakatlari bilan ko‘zga tashlanmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!