"Real" Kalafyorini asosiy transfer maqsadi sifatida belgiladi
Taniqli insayder Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, "Real" "Arsenal" himoyachisi Rikardo Kalafyoriga qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, madridliklar italyalik futbolchining transferini yozgi transfer oynasidagi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilagan.
Shuningdek, "qirollik klubi" Kalafyorini xarid qilish imkoniyati bo‘yicha "Arsenal"ga rasmiy so‘rov yuborgani aytilmoqda.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko‘ra, 23 yoshli himoyachining transfer qiymati 55 million yevroga baholanmoqda.
O‘tgan mavsumda Kalafyori "Arsenal" safida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar