"Real" Karvahalga o‘rinbosar topdi

  • 10.05.2023 20:36
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi “Bavariya”day Karvaxalga o‘rinbosar topdi.

"Real" o‘ng qanot himoyachisi Dani Karvaxal o‘rnini bosadigan o‘yinchi izlamoqda. "Fichajes" nashri fikricha, “Bavariya” a’zosi Nussair Mazraui “qaymoqranglilar”ning qiziqishlari doirasiga tushgan. Marokashlik futbolchi Myunxendagi o‘yinidan hafsalasi pir bo‘ldi, shu bois u yozda klubini almashtirish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Mazraui nafaqat o‘ng qanotda, balki chapda ham, markaziy yarim himoyachi pozitsiyasida ham o‘ynay oladi. Bunday ko‘p qirralilik ko‘plab klublar e’tiborini tortadi.

Ma’lumot uchun, nufuzli "Transfermarkt" portali  25 yoshli marokashlik himoyachini 28 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!