“Real” katta transferga qo‘l urmoqchi

  • 30.01.2022 13:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” rahbariyati braziliyalik legioner Kazemiroga o‘rinbosar topib qo‘yishga qaror qildi.

“Qirollik klubi” bu yarim himoyachi o‘rnini “Monako” safida porlayotgan Orelen Tchuameni bosishga qodir, deb hisoblamoqda. Klub mutasaddilari bo‘lajak transfer masalasida futbolchining agentlari bilan aloqa o‘rnatgani aytilmoqda.

Frantsiyalik o‘yinchiga hozirning o‘zidan Angliyaning grand klublaridan etarli takliflar bo‘layotganini aytish lozim.

Frantsiya terma jamoasi a’zosi bo‘lgan 22 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda “Monako” safida barcha turnirlarda  31 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Bu bellashuvlarda ikkita gol va bitta golli pas muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!