
“Real” katta transferga qo‘l uryapti
“Real” yozgi transferlar vaqtida himoya chizig‘idagi muammolarni bartaraf etishga katta e’tibor qaratadi. Hozirdan klub mutasaddilari jamoaga mos keladigan himoyachilar ro‘yxatini shakllantirib bormoqda.
Klubga taklif etiladigan o‘yinchilar qatoriga “Inter” himoyachisi Alessandro Bastoni ham qo‘shildi.
Italiyalik himoyachini oladigan klub 70 million evro atrofida badal puli tayyorlab qo‘yishi kerak bo‘ladi. Chunki Bastonining milanlik bilan shartnomasi yana to‘rt yil davom etishi belgilangan.
25 yoshli futbolchi “Atalanta” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2017 yili “Inter”ga ko‘chib o‘tganidan keyin ma’lum muddat “Atalanta” va “Parma”da ijarada o‘ynab keldi. 2019 yildan “Inter”ning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylangan.
Fikrlar