"Real" Kazemiro borasida bir qarorga keldi

  • 18 avgust, 2022, 15:08
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid Kazemironi MYuga qanchaga sotishni istayotgani ma’lum. 

Braziliyalik yarim himoyachi "qirollik klubi"da qadrlanadi. Shunday bo‘lsa-da, "Yunayted" u uchun 70 million evro taklif qilsa, madridliklar muzokaralarga kirishishga tayyor. Bu haqda "El Confidencial" nashri xabar berdi. 

"Qaymoqranglilar" fevralda 31 yoshga to‘ladigan futbolchining yoshini, shuningdek, "Monako"dan xarid qilingan (80+20) Chuameniga imkon berish kerakligini inobatga olgan holda, mazkur transferga jiddiy qarshilik bildirmaydi. 

O‘z navbatida "qizil iblislar" Kazemironi strategik jihatdan muhim futbolchi, deb hisoblaydi va Ispaniya klubi safida yiliga 7 million evro oladigan o‘yinchiga ikki baravar yuqori maosh taklif qilmoqda. 

Kazemiro "Real" safiga 2013 yilda kelib qo‘shilgan. Shu vaqt davomida Karlos Madrid jamoasi bilan 5 marta Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!