“Real” Kloppni olib kelish yo‘lini topdi
Germaniyalik mashhur mutaxassis Yurgen Klopp “Real” bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzod hisoblanadi, deya xabar bermoqda mashhur jurnalist Ramon Alvares de Mun.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, klub uni turli ligalardagi murabbiylik tajribasi va yutuqlari tufayli ustuvor variant sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Shuningdek, Kloppni Toni Kroos bilan birgalikda tayinlash varianti klub ichida muhokama qilinayotgani va eng ehtimoliy stsenariylardan biri ekani ta'kidlanmoqda.
Qayd etilishicha, ehtimoliy o‘tishning asosiy sharti Kloppning shaxsiy roziligi va taklifni qabul qilishga tayyorligi hisoblanadi.
Klopp va Kroos o‘rtasida yaxshi munosabatlar borligi va ular Mayorkada bir-biriga yaqin joyda yashashi ham ma'lum qilingan.

Fikrlar