"Real" Konateni qachon Madridga olib keladi?

  • 15 iyul, 20:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi yozgi transferlar oynasining o‘zida "Liverpul" himoyachisi Ibraima Konateni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Avvalroq 26 yoshli frantsuz futbolchisini erkin agent sifatida qo‘lga kiritish haqida gaplar tarqalgan edi. Ammo jurnalist Sebasten Vidalning ta’kidlashicha, "qirollik klubi" transfer uchun 19–25 million evro taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Bu orqali madridliklar mersesaydliklarni futbolchini ertaroq sotishga ko‘ndirishni istamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "qizillar" Konateni sotishdan 50 million evro ishlab olishni xohlamoqda. Ammo "Real" o‘z taklifini oshirish niyatida emas. Agar "Liverpul" bu kelishuvga rozi bo‘lmasa, kelasi yozda futbolchi erkin agent sifatida klubni tark etishi mumkin, chunki Konate "Real"da faoliyatini davom ettirishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Frantsuz himoyachisining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!