«Real» Kurtua o‘rniga uch nafar darvozabonni ko‘rib chiqmoqda
«Real» Kurtua o‘rniga uch nafar darvozabonni ko‘rib chiqmoqda Manbaga ko‘ra, «Real» Tibo Kurtuaning o‘rniga darvozabon izlamoqda.
Madridliklar uch nafar nomzodni aniqlab olgan. Xususan, ispaniyaliklar «Arsenal» darvozaboni David Raya, «Portu» vakili Diogu Koshta hamda «Tuluza»da to‘p tepayotgan Giyom Restning o‘yinlarini kuzatmoqda.
Avvalroq «Real» Tibo Kurtua bilan shartnomani uzaytirishga yaqin ekani haqida xabar berilgandi. Belgiyalik darvozabonning amaldagi kelishuvi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Ayni paytda Joze Mourinyo boshqaruvidagi «Real» La Liga turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Madridliklar hisobida 18 ochko mavjud.

Fikrlar