“Real” Kurtua o‘rniga Turkiyadan zo‘r darvozabon topdi
“Real” joriy mavsumda darvozabonlar masalasida ayrim muammolarga jduch keldi. Asosiy posbon Tibo Kurtua ketma-ket jarohat olib, uzoq vaqtini davolanishga sarfladi.
“Chelsi”dan ijaraga olingan Kepa Arrisabalaga ishonchni oqlay olmadi. Zaxira posboni Andrey Lunin asosiy nomzodga aylandi, lekin bir yildan keyin tugaydigan shartnomani uzaytirish uchun “otni kallasi”dek maosh talab qilyapti.
Ana shu omillar klub mutasaddilarini yangi darvozabon qidirishga majbur qildi. Madridliklar nazariga “Trabzonspor”ning 18 yoshli golkiperi Onuralp Chevikkan tushdi.
Tez orada iqtidorli darvozabon transferini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishi kutilmoqda.

Fikrlar