
“Real” kutilmaganda “Manchester Yunayted”dan futbolchi olishga qaror qildi
“Real” mutasaddilari jamoaning himoya chizig‘ini mustahkamlash borasida bosh qotiryapti va Karlo Anchelotti qo‘llayotgan o‘yin uslubiga mos tushadigan himoyachi qidiryapti.
Relevo nashrining ma’lum qilishicha, madridliklar “Manchester Yunayted”ning tajribali o‘yinchisi Diogu Dalotni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, “Qirollik klubi” 25 yoshli futbolchi bo‘yicha manchesterliklarga murojaat yo‘llagan. Transfer 50 million evroga amalga oshishi mumkinligi aytilmoqda.
Portugaliyalik o‘yinchi “Portu” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2018 yili “Manchester Yunayted” uni 22 million evroga transfer qilgan.
Dalot orada bir mavsum “Milan”da ham o‘ynab kelgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha uzaytirilgan.
Fikrlar