"Real" "Liverpul" hujumchisini qo‘lga kiritmoqchi

  • 10 aprel, 2023, 22:50
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Yozda erkin agentga aylanadigan Firmino Madridga yo‘l olishi mumkin. Uni "Real" qo‘lga kiritmoqchi. "Qaymoqranglilar" ikkinchi raqamli, ya’ni zaxira hujumchisi qidirmoqda. Variantlar orasida Roberto ham bor, deya xabar bermoqda "Carrusel Deportivo" nashri.

Firmino mavsum so‘nggida "Liverpul"ni tark etishi aniq bo‘lgan. Buni Klopp ham tasdiqladi. Unna Saudiya chempionatidan ham takliflar bor. Ammo hujumchi hali bir qarorga kelmagan.

Avvalroq braziliyalik futbolchiga "Real"dan tashqari yana "Atletiko" ham qiziqayotganligi haqida xabarlar chiqqan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!