"Real" "Liverpul" hujumchisini olib kelmoqchi

  • 31.03.2026 20:38
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Liverpul”ning fransiyalik hujumchisi Ugo Ekitike APLdagi omadli debutidan so‘ng “Real Madrid”ning e’tiboriga tushdi. “Kaymoqranglilar” uning rivojlanishini jiddiy kuzatib bormoqda. Shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar kildi “TeamTalk” nashri. 

Ekitike 2025 yilning yozida “Ayntraxt”dan “"kizillar” tarkibiga kelib qo‘shilgandi. Amaldagi shartnoma 6 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, 2031 yilga qadar amal qiladi. 

Ugo avvalroq “Reyms” va PSJ klublarida ham to‘p surgan.

Eslatib o‘tamiz, Ugo joriy mavsumda 42 ta o‘yinda maydonga tushib 17 ta gol va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali uni 90 million yevroga baholamoqda.

Abduvaliev Azizbek

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!