"Real" "Liverpul"ning "ko‘zini ochirmayapti"
"Real" UEFA Chempionlar ligasi 1/4 final dastlabki uchrashuvida o‘z maydonida "Liverpul"ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va “Enfild”dagi javob o‘yinidan oldin yaxshi imkoniyat hosil qildi.
Yana bir e’tiborli jihati, madridliklar mersisaydliklarni 10:2 ketma-ket 4 ta o‘yindan buyon mag‘lub etib kelmoqda. To‘plar nisbati esa 10:2. "Real" so‘nggi bor "Liverpul"ni 2017/18 yilgi Chempionlar ligasi finalida 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Endi “Liverpul” va “Real” juftligining javob bahsi 14 aprel kuni Angliyada bo‘ladi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
“Liverpul” APL musobaqa jadvalida 6-o‘rinda, “Real” La Ligada 3-o‘rinni egallab turibdi. “Liverpul” chempionatning navbatdagi bahsini 10 aprel kuni “Aston Villa”ga qarshi o‘tkazadi. “Real” esa xuddi shu kuni o‘z maydonida “Barselona”ni qabul qiladi.

Fikrlar