"Real Madrid" ikki nafar futbolchisidan norozi bo‘lmoqda
Madridning "Real" klubi Arda Gyuler hamda Franko Mastontuononing oʻyinidan xursand boʻlmayapti.
Taʼkidlanishicha, "Real"dagilar ikki yosh futbolchining oʻyinini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bular yarim himoyachi Arda Gyuler va vinger Franko Mastontuono. Gyulernig vaziyati "qirollik klubi"ni koʻproq xavotirga solyapti. Turkiyalik havbekga yangi Luka Modrich sifatida ishonch bildirishgan edi, biroq futbolchiga bu nom anchagina ogʻirlik qilmoqda. "Albasetega" qarshi kubok oʻyinida Gyuler markaziy himoyachi Raul Asensiodan ham kamroq aniq pas bergan. Frankoga kelsak, argentinalik futbolchi jamoaning asosiy tarkibidan tushib qolgan. Bundan tashqari sport formasini ham yoʻqotib bormoqda. Unga boʻlgan ishonch esa toboro yoʻqolyapti.
Maʼlumot uchun, "Real" Ispaniya kubogining pley-off bosqichida "Albasetega" magʻlub boʻlib musobaqa bilan hayrlashdi.
Fikrlar