"Real Madrid" juda katta transferga qo‘l urmoqchi

  • 10.02.2026 19:15
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi PSJ yarim himoyachisi Vitinyaga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsum mobaynida "qirollik klubi"ning tayanch yarim himoya chizigʻi anchagina oqsamoqda. Shu sababdan jamoa aynan shu zaif nuqtani yopish uchun futbolchi qidirmoqda. Xabarlarga koʻra, "qaymoqranglilar" PSJ xavbegi Vitinyani aynan ushbu pozitsiya uchun asosiy variant sifatida koʻrmoqda. OAV tomonidan bir necha kunlardan buyon portugalialik futbolchining "Real"ga transferi borasida koʻplab mish-mishlar paydo boʻlyapti. Hozirda futbolchi parijliklar safida oʻzini baxtli his etmoqda. Vitinyaning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga yetadi. Nufuzli "Transfermarkt" portali 25 yoshli futbolchini 110 million yevroga baholamoqda.

Maʼlumot uchun, xavbek joriy mavsumda umumiy 32ta uchrashuvda maydonga tushib, 6ta gol urdi va 10ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!