"Real Madrid" sobiq futbolchisi: "Jamoada doim ko‘tarilish va tushishlar bo‘lgan"
"Real Madrid" klubi va Ispaniya milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Guti jamoadagi mavsumining boshlanishi haqida gapirdi.
"Ko‘tarilishlar va pasayishlar doim bor bo‘lgan. Klub aslida yaxshi mavsum boshlagan edi. Evropa Superkubogini qo‘lga kiritdi. Mbappe va Endrik gollar urib, ancha ishonchdi ko‘rindi. Ammo La Ligadagi duranglar tashqarida shov-shuvga sabab bo‘ldi. O‘ylaymanki, Kilian va boshqa yangi kelganlar jamoaga yanada kirishib ketishi bilan vaqt o‘tib, barchasi yaxshilanadi", - dedi "Real Madrid"ning sobiq yarim himoyachisi.

Fikrlar