"Real Madrid" sobiq futbolchisi: "Murabbiylikda omadim kelmayapti"

  • 17 oktabr, 2024, 11:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" jamoasining sobiq futbolchisi Raul Bravo murabbiy sifatidagi tajribasi haqida gapirdi

"Ha men murabbiylik ham qilib ko‘rdim. Lekin bu uzoqqa cho‘zilmadi. Afsuski, muvaffaqiyatga erisha olmadim. Men intizom va jiddiylik bilan o‘ynaladigan futbolga o‘rganib qolganman. Biroq, bosh murabbiylikda doim ham hissiyot bilan yashay olmaysiz. 

"Real Madrid"da hammasi boshqacha. U er misoli baxtli bir oilaga o‘xshaydi. Hamma bir yo‘nalishda eshkak eshishadi. Norozi yuzlar yo‘q. Barcha narsa yaxshiroq ishlayveradi. Misol uchun Visente del Boske yoki Karlo Anchelotti qattiqqo‘l murabbiy emas. Lekin ular kiyinish xonasini boshqarishni bilishadi. Shuning uchun ham ular hurmatga loyiq insonlar", - dedi Raul Bravo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!