"Real Madrid" va "Barselona" "Levante" futbolchisi uchun kurashmoqda

  • 31.10.2025 15:14
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Levante" tarkibida hozirda sermahsul o‘yin ko‘rsatyotgan hujumchi Etta Eyong mavsum tugagandan so‘ng o‘z jamoasini almashtirishi mumkin.

 "Mundo Deportivo" nashrining bergan ma’lumotlariha ko‘ra, forvardga hozirda "Real Madrid" va "Barselona" klublari qiziqish bildirmoqda. Shuningdek  kamerunlik futbolchining xizmatlaridan APLdan "Manchester Siti", "Arsenal" va "Manchester Yunayted" ham foydalanishni istamoqda.  22 yoshli hujumchi yanvar oyidayoq jamoasini almashtirishni xohlamoqda. Biroq uning ketishi katta ehtimol 2026 yilgi mundialdan keyin sodir bo‘ladi. 

Etta Eyongning hozirda "Transfermarkt"dagi narxi 20 million evroni tashkil etadi. "Levante" bilan futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.  

Eslatib o‘tamiz, kamerunlik forvard joriy mavsum "Levante" safida jami 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol kirtigan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!