"Real Madrid" yarim himoyachisi yozda jamoani tark etishi mumkin

  • 29.03.2026 14:48
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Dani Sebalyos joriy yozda "Real Madrid"ni tark etishi mumkin. Bu haqida "Marca" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "Betis" 29 yoshli yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish uchun asosiy nomzod sifatida turibdi. Dani Sebalyos "Betis" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

U 2017 yilda "Real"ga 16 million yevro evaziga o‘tgan. Amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda "Real Madrid" safida 22 ta uchrashuvda ishtirok etgan, ammo hali samarali harakatlar bilan ajralib tura olmagan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 8 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!